Xalqaro hamkorlik doirasida memorandum imzolandi.
📝 2026-yil 3-mart kuni Jizzax Sambhram universiteti hamda Vengriyaning yetakchi oliy ta’lim muassasalaridan biri — Óbuda universiteti o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.
📊 Mazkur tashrif doirasida Óbuda universiteti rektori, professor, doktor Levente Kovács universitetimizga rasmiy tashrif buyurdi. Uchrashuv davomida ikki tomonlama manfaatli hamkorlik yo‘nalishlari, xususan, ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish, innovatsion ishlanmalarni qo‘llab-quvvatlash hamda akademik almashinuvni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
⏳ Jizzax Sambhram universiteti kengashi tomonidan Óbuda universiteti rektori Prof. Dr. Levente Kovácsga “Faxriy doktor” unvoni tantanali topshirildi.
Tadbirlar Fotogalereyasi & Foto Slayder
Tadbirdan olingan yuqori sifatli fotosuratlarni tomosha qiling
newspaper Boshqa Yangiliklar & E'lonlar
Jizzax Sambhram universiteti vakillari National AI Hackathon g‘oliblari safidan joy oldi!
“Rektor kubogi” mini futbol musobaqasi yakunlandi...