“Raqamli avlod qizlari” tanlovida Sambhram universiteti talabasi g‘olib!
🎓 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda “O‘zbekiston raqamli avlod” loyihasi doirasida tashkil etilgan “Raqamli avlod qizlari” tanlovining Jizzax shahar bosqichi g‘oliblari aniqlandi.
📊 Mazkur tanlovda 16–20 yosh toifasida Jizzax Sambhram universiteti talabasi Polatova Jasmin o‘zining “START UP” loyihasi bilan munosib ishtirok etdi hamda viloyat bosqichiga yo‘llanma va II-darajali diplom bilan taqdirlandi.
💡 Mazkur yutuq yoshlar, ayniqsa qizlarning raqamli texnologiyalar va innovatsiyalar sohasidagi bilim va salohiyatini namoyon etishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Tadbirlar Fotogalereyasi & Foto Slayder
Tadbirdan olingan yuqori sifatli fotosuratlarni tomosha qiling
newspaper Boshqa Yangiliklar & E'lonlar
Jizzax Sambhram universiteti vakillari National AI Hackathon g‘oliblari safidan joy oldi!
“Rektor kubogi” mini futbol musobaqasi yakunlandi...