Sayt test rejimida ishlamoqda. Ayrim ma'lumotlar hali to'liq emas yoki o'zgarishi mumkin.
Bosh sahifa / Yangiliklar & E'lonlar / Navbatdagi hamkorlik doirasida memorandum imzolandi...
Xalqaro Hamkorlik calendar_today 13-May, 2026-yil

Navbatdagi hamkorlik doirasida memorandum imzolandi...

Navbatdagi hamkorlik doirasida memorandum imzolandi...

2026-yil 13-may kuni Jizzax Sambhram universiteti hamda Samarqand viloyatidagi yetakchi oliy ta’lim muassasalaridan biri — International School of Finance Technology and Science (ISFT) instituti o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.

Mazkur tashrif doirasida ISFT instituti mas’ullari universitetimizga rasmiy tashrif buyurdi. Uchrashuv davomida ikki tomonlama manfaatli hamkorlik yo‘nalishlari, xususan, ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish, innovatsion ishlanmalarni qo‘llab-quvvatlash, qo‘shma ta’lim dasturlarini amalga oshirish hamda akademik almashinuvni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar professor-o‘qituvchilar va talabalar o‘rtasidagi ilmiy va akademik aloqalarni mustahkamlash, qo‘shma loyihalar va grant dasturlarini yo‘lga qo‘yish, shuningdek, xalqaro reyting va e’tirofni oshirish borasida hamkorlikni izchil davom ettirishga kelishib oldilar.

Ushbu memorandum ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida strategik sheriklikni yo‘lga qo‘yish, ta’lim sifatini yanada oshirish hamda talabalar uchun xalqaro maydonda keng imkoniyatlar yaratishga xizmat qiladi.

collections

Tadbirlar Fotogalereyasi & Foto Slayder

Tadbirdan olingan yuqori sifatli fotosuratlarni tomosha qiling

3 Foto
Gallery photo 1

Navbatdagi hamkorlik doirasida memorandum imzolandi... - 1-rasm

Gallery photo 2

Navbatdagi hamkorlik doirasida memorandum imzolandi... - 2-rasm

Gallery photo 3

Navbatdagi hamkorlik doirasida memorandum imzolandi... - 3-rasm

Thumb 1 Thumb 2 Thumb 3

newspaper Boshqa Yangiliklar & E'lonlar

Jizzax Sambhram universiteti vakillari National AI Hackathon g‘oliblari safidan joy oldi!
Sun'iy Intellekt & Innovatsiyalar

Jizzax Sambhram universiteti vakillari National AI Hackathon g‘oliblari safidan joy oldi!

“Rektor kubogi” mini futbol musobaqasi yakunlandi...
Sport va Musobaqalar

“Rektor kubogi” mini futbol musobaqasi yakunlandi...

“REKTOR KUBOGI” KIBERSPORT MUSOBAQASI YAKUNLANDI...
Kibersport va Texnologiyalar

“REKTOR KUBOGI” KIBERSPORT MUSOBAQASI YAKUNLANDI...