Yangiliklar

Asosiy rasm

10-Yanvar, 2026-yil 5:20

🌏 Jizzax Sambhram universitetida professor-o‘qituvchilar uchun malaka oshirish seminari tashkil etildi…

🌏 Jizzax Sambhram universitetida professor-o‘qituvchilar uchun malaka oshirish seminari tashkil etildi… 📝 Jizzax Sambhram universiteti rektori D. Xusanov tashabbusi bilan professor-o‘qituvchilar hamda magistratura talabalariining kasbiy salohiyatini oshirish maqsadida universitetga iqtisodiyot fanlari doktori, professor A. Suyunov tashrif buyurdi. 💡 Tashrif doirasida professor A. Suyunov tomonidan turizm sohasini rivojlantirish, zamonaviy yondashuvlar, ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlari hamda amaliy tajribalar mavzusida mazmunli seminar tashkil etildi. 📊Seminar davomida turizm tarmog‘ining iqtisodiyotdagi o‘rni, hududiy turizmni rivojlantirish imkoniyatlari, ilmiy izlanishlar natijalarini amaliyotga tatbiq etish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Tadbir ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar oldilar. 🔎 Mazkur seminar professor-o‘qituvchilar va magistr talabalarining bilim va tajribasini oshirish, shuningdek, ta’lim jarayonida innovatsion yondashuvlarni joriy etishda muhim ahamiyat kasb etdi.

Qo‘shimcha rasm Qo‘shimcha rasm Qo‘shimcha rasm