info@sambhram.uz +998 (72) 221-58-68 Jizzax, O'zbekiston

Navro‘z Sambhramda chinakam bahoriy shukuhda nishonlandi

28-Mart, 2026-yil
Samandarbek Nazarov

Navro‘z Sambhramda chinakam bahoriy shukuhda nishonlandi

Sambhram Universitetida Navro‘z umumxalq bayrami ko‘tarinki ruh, milliy qadriyatlar va bahoriy kayfiyat uyg‘unligida keng nishonlandi.

✅ Bayram dasturxonlari milliy taomlarga boyligi bilan alohida ajralib turdi. Har bir guruh tomonidan tayyorlangan dasturxonlar o‘ziga xos did va ijodkorlikni namoyon etdi.

🎓 Talaba-yoshlarning milliy liboslari bayramga yanada ko‘rk bag‘ishlab, qadriyatlarimizning go‘zalligini namoyon qildi.

☀️ Sahnaviy chiqishlar va badiiy ko‘rinishlar esa Navro‘z shukuhini yanada oshirib, tomoshabinlarga unutilmas taassurotlar ulashdi.

⏳ Milliy sport o‘yinlari orqali esa sog‘lom raqobat, jamoaviylik va quvonch muhiti yanada mustahkamlandi.

✨ Ushbu bayram nafaqat bahorning kirib kelishini, balki birlik, hamjihatlik va milliy an’analarimizga bo‘lgan hurmatni yana bir bor namoyon etdi.

Galereya