Yangiliklar

Asosiy rasm

13-Yanvar, 2026-yil 5:24

🌏 “Raqamli avlod qizlari” tanlovida Sambhram universiteti talabasi g‘olib!

🌏 “Raqamli avlod qizlari” tanlovida Sambhram universiteti talabasi g‘olib! 🎓 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda “O‘zbekiston raqamli avlod” loyihasi doirasida tashkil etilgan “Raqamli avlod qizlari” tanlovining Jizzax shahar bosqichi g‘oliblari aniqlandi. 📊 Mazkur tanlovda Jizzax shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan shahar bosqichida 16–20 yosh toifasida Jizzax Sambhram universiteti talabasi Polatova Jasmin o‘zining “START UP” loyihasi bilan munosib ishtirok etdi. Shuningdek viloyat bosqichiga yo‘llanmani ham qo‘lga kiritib, II-darajali diplom bilan taqdirlandi. 💡 Mazkur yutuq yoshlar, ayniqsa qizlarning raqamli texnologiyalar va innovatsiyalar sohasidagi bilim va salohiyatini namoyon etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Qo‘shimcha rasm Qo‘shimcha rasm Qo‘shimcha rasm