info@sambhram.uz +998 (72) 221-58-68 Jizzax, O'zbekiston

📢 Sambhram Universiteti jamoasidan xalqaro yutuq!

19-Aprel, 2026-yil
Samandarbek Nazarov

📢 Sambhram Universiteti jamoasidan xalqaro yutuq!

Universitetimizning “Sambhram” kibersport jamoasi xalqaro maydonda munosib natija qayd etdi.

Rossiya va O‘zbekiston hamkorligida tashkil etilgan “ROS ATOM” xalqaro sport festivalida jamoamiz kibersportning CS2 yo‘nalishi bo‘yicha muvaffaqiyatli ishtirok etdi.

Musobaqada jami 16 ta jamoa qatnashgan bo‘lib, “Sambhram” jamoasi final bosqichigacha yetib bordi va yarim finalda “001” jamoasini 2:0 hisobida mag‘lub etib, faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Ushbu yutuq bilan jamoamizni samimiy tabriklaymiz va kelgusi musobaqalarda yanada yuqori natijalar tilaymiz!

Galereya