Sambhram University professor-o‘qituvchilari xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, zamonaviy raqamli ta’lim yo‘nalishlarini joriy etish maqsadida “Cyber University of Uzbekistan”ga tashrif buyurdi.
Sambhram University professor-o‘qituvchilari xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, zamonaviy raqamli ta’lim yo‘nalishlarini joriy etish maqsadida “Cyber University of Uzbekistan”ga tashrif buyurdi.
💡 Tashrif doirasida tomonlar o‘rtasida axborot texnologiyalari, kiberxavfsizlik va sun’iy intellekt (AI) yo‘nalishlarida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari yuzasidan muzokaralar olib borildi.
⏳ Xususan, quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha kelishuvlarga erishildi:
✅ Sun’iy intellekt (AI), mashinaviy o‘rganish (Machine Learning) va ma’lumotlar tahlili (Data Science) bo‘yicha qo‘shma o‘quv kurslarini joriy etish;
✅Kiberxavfsizlik va raqamli texnologiyalar sohasida ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish;
✅ professor-o‘qituvchilar va talabalar uchun tajriba almashinuvi va akademik mobilitet dasturlarini tashkil etish;
✅ onlayn va qo‘shma seminarlar, treninglar hamda hackathonlar o‘tkazish;
✅ IT va AI yo‘nalishida amaliy loyihalar va startap tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash.
📝 Uchrashuv yakunida tomonlar kelgusida sun’iy intellektga asoslangan ta’lim dasturlari, qo‘shma ilmiy ishlanmalar hamda xalqaro darajadagi malaka oshirish kurslarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha o‘zaro kelishuvga erishdilar.