info@sambhram.uz +998 (72) 221-58-68 Jizzax, O'zbekiston
Raxmankulova Dilora G‘ulomovna
F.I.SHRaxmankulova Dilora G‘ulomovna
LavozimJizzax Sambhram universiteti o‘quv-uslubiy bo‘limi boshlig‘i Katta o'qituvchi
Telefon+998722215868
E-pochtaxxx@gmail.com
Ish-vaqtiSeshanba - Payshanba 9:00-11:00 14:00-16:00
Umumiy ma'lumot

O‘quv-uslubiy bo‘lim faoliyati va vazifalari:

– bo‘limning barcha faoliyati va xodimlarini umumiy boshqarish;
– bo‘limning ish rejalarini tuzish va ularning ijrosini ta’minlash;
– bo‘lim maqsadidan kelib chiqib, ta’lim muassasasida mutasaddi bo‘lgan bo‘g‘inlar faoliyatini muvofiqlashtirish;
– O‘zbekiston Respublikasining ta’limga oid qonunlari, Prezident farmonlari, farmoyishlari va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining hay’at qarorlari, buyruqlari, yo‘riq xatlari, modemogramma va telefonogrammalari, shuningdek rektor buyruqlarining fakultetlar, kafedralar va bo‘limlarda bajarilishini ta’minlash hamda monitoringini olib borish;
– O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumati tomonidan qabul qilingan farmon va qarorlar mazmunini talabalarga yetkazib borish;
– o‘quv muassasasi bilan korxonalar, tashkilotlar va xususiy firmalar o‘rtasida yo‘nalish bo‘yicha manfaatli hamkorlik shartnomalarini tuzish hamda ularni amalga oshirish;
– o‘quv rejalari va dasturlarini takomillashtirish bo‘yicha ishlarni tashkil etish;
– zamonaviy baholash usullari orqali talabalarning bilim va malaka darajasini nazorat qilishni tashkil etish, mazkur nazorat natijalari asosida o‘quv-tematik rejalarga aniqlik kiritish va talabalar bilan individual ishlash shakllarini belgilash;
– OTM professor-o‘qituvchilari tomonidan o‘quv rejalari va yuklamalarning bajarilishini nazorat qilish;
– zamonaviy va ilg‘or tajribalarni o‘rganish hamda umumlashtirish;
– fakultetlarda o‘quv jarayonining tashkil etilishini o‘rganish, nazorat natijalariga ko‘ra aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berish;
– yosh o‘qituvchilarning malaka va tajriba orttirishini tashkil etish;
– professor-o‘qituvchilar tarkibi bo‘yicha ma’lumotlar bazasini shakllantirish;
– OTM professor-o‘qituvchilarining malaka oshirish rejalari bajarilishini nazorat qilish;
– mutaxassislar tayyorlash bo‘limi bilan hamkorlikda OTM bitiruvchilarini ish bilan ta’minlash jarayonida ishtirok etish;
– O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tasdiqlagan qoidalarga muvofiq talabalarning pedagogik va ishlab chiqarish amaliyotini umumiy boshqarish hamda uning bajarilishini nazorat qilish;
– OTM qabul hay’ati ishida ishtirok etish, qabul jarayoni bo‘yicha axborotlarni shakllantirish va natijalarni umumlashtirish;
– fakultetlar va kafedralar faoliyatini o‘rganish, natijalarini umumlashtirish, ularning faoliyati samaradorligi yuzasidan hamda yangi kafedralar ochish bo‘yicha takliflar kiritish;
– fakultetlar va kafedralarning yillik hisobotlarini qabul qilish.