info@sambhram.uz +998 (72) 221-58-68 Jizzax, O'zbekiston
Xoshimxonov Xondamir Muminovich
F.I.SHXoshimxonov Xondamir Muminovich
LavozimJizzax Sambhram universitetida xodimlar bo‘limi boshlig‘i. Falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
Telefon+998339408810
E-pochtaxondamirxoshimxonov@gmail.com
Ish-vaqtiSeshanba - Payshanba 9:00-11:00 14:00-16:00
Umumiy ma'lumot

Xodimlar bo‘limining asosiy vazifalari va funksiyalari quyidagilardan iborat:

– xodimlar bilan ishlashda yangi usullar va ilg‘or texnologiyalarni joriy etish, xodimlarga doir hujjatlarni yagona tizimga keltirish hamda xodimlarni boshqarish jarayonini takomillashtirish;
– institut tuzilmasi va shtati yuzasidan takliflar ishlab chiqishda ishtirok etish;
– xodimlar bilan ishlashda mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari me’yorlariga rioya etilishini ta’minlash;
– institut xodimlarining ish qobiliyatini oshirish maqsadida zarur shart-sharoitlar yaratish hamda jamoada sog‘lom ma’naviy-ruhiy muhitni saqlash yuzasidan takliflar kiritish;
– xodimlarning shaxsiy hujjatlar yig‘majildlari, mehnat daftarchalari, shuningdek bitiruvchilarga beriladigan diplomlarning butligini ta’minlash.

Bo‘lim o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

– amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq xodimlarni tanlash va ularni joy-joyiga qo‘yishni ta’minlash;
– xodimlarning amaliy va kasbiy sifatlarini o‘rganish;
– mehnat munosabatlariga oid barcha buyruqlarni rasmiylashtirish;
– xodimlar qo‘nimsizligi sabablarini o‘rganish;
– xodimlar shaxsiy tarkibiga oid statistik hisobotlarni yuritish;
– xodimlarning mehnat daftarchalari va shaxsiy yig‘majildlarini yuritish hamda saqlash;
– xodimlarga oid va ijtimoiy masalalarni hal etishda institutning tarkibiy bo‘linmalari rahbarlariga maslahat va uslubiy yordam berish;
– mehnat intizomiga rioya etilishi ustidan nazoratni tashkil etish.