info@sambhram.uz +998 (72) 221-58-68 Jizzax, O'zbekiston
Allamuratova Nilufar Tangirovna
F.I.SHAllamuratova Nilufar Tangirovna
LavozimXotin-qizlar masalalari bo'yicha rektor maslahatchisi.
Telefon+998-93-650-39-15
E-pochtanilufarallamuratova8@gmail.com
Qabul vaqtiSeshanba- Payshanba 9:00-11:00 14:00-16:00
Umumiy ma'lumot

XOTIN QIZLAR MASALALARI BO‘YICHA REKTOR MASLAHATCHISINING
LAVOZIM VAZIFALARI:

• universitetda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashga doir davlat siyosatining samarali amalga oshirilishini taʼminlash, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda ularning mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotidagi roli va faolligini oshirish ishlarini hamkorlikda tashkil etadi;
• xotin-qizlarning mehnat jamoalarida, davlat va jamoat boshqaruvi sohasidagi rolini kuchaytirish, ularni ijtimoiy-huquqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash borasidagi maqsadli ishlarni tashkil etishga ko‘maklashish va ularning fikrlarini tizimli monitoring qilish;
• xotin-qizlarning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash, yordamga muhtoj va og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlarning, shu jumladan, nogironligi bo‘lgan ayollarning manzilli ro‘yxatlarini tuzish, ularga ijtimoiy-huquqiy, psixologik va moddiy yordam ko‘rsatish, reabilitatsiya vositalari bilan taʼminlash ishlariga ko‘maklashadi;
• yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, ularga oiladagi nizoli holatlarni hal qilishning huquqiy va psixologik asoslarini o‘rgatish, oilalarni mustahkamlash, erta nikoh va oilaviy ajralishlarning oldini olish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishga va tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirishga yordamlashadi;
• xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining ijrosi yuzasidan jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi va tegishli takliflar ishlab chiqadi;
• yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, ularga oiladagi nizoli holatlarni hal qilishning huquqiy va psixologik asoslarini o‘rgatish, oilalarni mustahkamlash, erta nikoh va oilaviy ajralishlarning oldini olish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishga va tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirishga yordamlashadi;
• xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining ijrosi yuzasidan jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi va tegishli takliflar ishlab chiqadi;
• xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ijrosini monitoring qiladi, zo‘ravonlikdan jabrlanganlarni aniqlash, xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ijrosini monitoring qiladi, zo‘ravonlikdan jabrlanganlarni aniqlash, ularni reabilitatsiya qilish, huquqlarini himoya qilish bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyaviy takliflarni kiritadi; xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish sohasida hududiy dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;
• Talaba-qizlarni oilaviy hayotga tayyorlash, yosh oilalarni ijtimoiy faollikka yo‘naltirish, ular o‘rtasida ijtimoiy foydali mehnat turi bilan shug‘ullanadigan, ibrat namunasiga ega bo‘lgan xotin-qizlarning hayot faoliyatlari va turmush tarzlarini keng targ‘ib qilish;
• xotin-qizlar o‘rtasida turli ko‘rik-tanlovlar va sport musobaqalarini o‘tkazish, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti va “Mo‘tabar ayol” ko‘krak nishoni bilan taqdirlash uchun nomzodlarni tanlashda qonuniylik, ijtimoiy adolat, shaffoflik tamoyillariga rioya yetilishi ustidan taʼsirchan jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi;
• milliy va xalqaro qonunchilikda xotin-qizlar huquqlarini himoya qilishga doir hujjatlar, standartlar va talablarning joriy etilishini taʼminlaydi va bevosita ishtirok etadi;
• tizimda samarali mehnat qilayotgan ayol xodimlarni Davlat mukofotlariga tavsiya etish bo‘yicha taklif kiritadi.