Elonlar

Asosiy rasm

26-Mart, 2026-yil 6:18

SIZDA KELAJAKNI O‘ZGARTIRADIGAN G‘OYA BORMI? “ENG KREATIV G‘OYA” TANLOVI E’LON QILINADI!

SIZDA KELAJAKNI O‘ZGARTIRADIGAN G‘OYA BORMI? “ENG KREATIV G‘OYA” TANLOVI E’LON QILINADI! 🏫  ​Jizzax Sambhram universitet talaba-yoshlari diqqatiga! Sizda noodatiy yechim, innovatsion fikr yoki kelajakni o‘zgartira oladigan startap loyiha bormi? Unda ushbu imkoniyatni qo‘ldan boy bermang! 🎓 ​Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “Eng yaxshi kreativ g‘oya” respublika tanlovi start olmoqda. ​ ➡️ ​Universitet ichki saralash bosqichi: 2026-yil aprel oyining birinchi o‘n kunligida o‘tkaziladi. ➡️ Respublika bosqichi: Ichki tanlovda g‘olib deb topilgan eng yaxshi 3 ta loyiha Respublika komissiyasiga taqdim etiladi. ​ 🎓 Kimlar uchun: Institutning bakalavriat va magistratura bosqichi talabalari; 📝 Ro‘yxatdan o‘tish muddati: 2026-yil 17-martdan 30-martgacha; 👨‍💻 Yo‘nalishlar: Erkin (Innovatsion yechimlar, ijtimoiy va biznes startaplar). ​ ✅ ​Eng sara loyiha mualliflari: Maxsus sertifikatlar va o‘z loyihasini respublika miqyosida namoyish etish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. ​ ➡️ Loyiha yuzasidan savollar bo‘yicha Ilmiy bo'limga murojaat qilishingiz yoki telegram orqali @xasan_abdiyev (https://t.me/xasan_abdiyev) manziliga yozishingiz mumkin. ​📍Sizning g‘oyangiz – ertangi muvaffaqiyatimiz poydevori! Shoshiling, kelajakni birga yaratamiz!