Bobur Mamarasulov
Bilim, izlanish va innovatsiya — muvaffaqiyat sari yo‘l.
Marketing va talabalar amaliyoti bo'limi
Marketing va Jamoatchilik bilan Aloqalar Bo‘limi universitetning brend siyosatini shakllantirish va rivojlantirish, xalqaro va mahalliy miqyosdagi nufuzini oshirish, ta'lim xizmatlarini keng targ‘ib qilish hamda universitet faoliyatini jamoatchilikka xolis va tizimli yoritish bilan shug‘ullanadi. Bo‘lim abituriyentlar, talabalar, ota-onalar, ommaviy axborot vositalari va hamkor tashkilotlar bilan samarali kommunikatsiya aloqalarini yo‘lga qo‘yadi. Shuningdek, universitetning raqamli imidjini mustahkamlash, marketing strategiyalarini ishlab chiqish va axborot-targ‘ibot ishlarini muvofiqlashtirish bo‘limning ustuvor vazifalaridan hisoblanadi.