10-Mart, 2023-yil 3:59
0
2023-yil mart oyida Jizzax Sambhram universitetida talabalar o‘rtasida startap loyihalar bo‘yicha tanlov bo‘lib o‘tdi. Ushbu tanlov universitetning iqtidorli talabalari orasida innovatsion g‘oyalarni aniqlash, ularni qo‘llab-quvvatlash va amaliyotga tatbiq etish maqsadida tashkil etildi. Tanlovda talabalar tomonidan taqdim etilgan startap loyihalar zamonaviy texnologiyalar, ijtimoiy muammolarga yechim, ta’limni raqamlashtirish, ekologik muhofaza kabi yo‘nalishlarni qamrab oldi. Ishtirokchilar o‘z g‘oyalarini hakamlar hay’atiga taqdim etib, loyiha mazmuni, amaliy ahamiyati va istiqboli bo‘yicha baholandi. Mazkur tadbirda universitet rektori D.Xusanov va ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor N.Saliyeva faol ishtirok etib, talabalarni rag‘batlantirish, innovatsion fikrlashni rivojlantirish va ilmiy izlanishlarga yo‘naltirish borasida o‘z tavsiyalarini berdilar. Tanlov yakunida g‘oliblar esdalik sovg‘alari va diplomlar bilan taqdirlandi. Ushbu tadbir talabalarning ijodiy salohiyatini ochib berishga xizmat qildi.
2024-yil 6- dekabr kuni Jizzax Sambhram universitetida Konstitutsiyamizning 32 yilligi …
6-Dekabr, 2024-yil 9:04
0
Jizzax Sambhram Universitetida kiber sport bo‘yicha oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi …
26-Aprel, 2022-yil 7:59
0
Jizzax viloyati hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi, hamda Valkyrie eSports hamkorligida …
15-Noyabr, 2023-yil 16:13
0
⚡️Jizzax viloyatida ilk bor "DevFest 2022 Jizzakh" dasturchilar festivali tashkil …
26-Noyabr, 2022-yil 7:47
0
2023 йил 8-aprel kuni O‘zbekistonda ayollar uchun "GAP" IT-klubi doirasida …
8-Aprel, 2023-yil 10:08
0