Asosiy rasm

6-Dekabr, 2024-yil 9:04 0

2024-yil 6- dekabr kuni Jizzax Sambhram universitetida Konstitutsiyamizning 32 yilligi keng miqyosda nishonlandi.

2024-yil 6- dekabr kuni Jizzax Sambhram universitetida Konstitutsiyamizning 32 yilligi keng miqyosda nishonlandi. Ushbu muhim sana munosabati bilan universitetda bayramona ruhda tashkil etilgan tadbirda professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar hamda mehmonlar faol ishtirok etdilar. Tadbir davomida Konstitutsiyamizning tarixiy ahamiyati, unda belgilangan fuqarolarning huquq va erkinliklari, demokratiya tamoyillari, shuningdek, yangilangan Konstitutsiyaga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar haqida ma’lumot berildi. Universitet rektori va huquqshunoslik yo‘nalishi professor-o‘qituvchilari so‘zga chiqib, Konstitutsiyaning davlat va jamiyat hayotidagi o‘rni hamda uning yoshlarga ta’siri haqida to‘liq ma’ruzalar qildilar. Shuningdek, talabalarning ishtirokida konstitutsiyaviy mavzularda sahna ko‘rinishlari, viktorinalar va ijodiy chiqishlar tashkil etildi. Tadbir yakunida faol ishtirok etgan talabalar faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi. Mazkur tadbir yoshlarda yurtimiz asosiy qonuniga bo‘lgan hurmat tuyg‘usini oshirish, ularni vatanparvarlik va qonuniylik ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etdi.

Qo‘shimcha rasm Qo‘shimcha rasm Qo‘shimcha rasm